Nematillo Quttiboev: “Aral”da jarohatlar ko'p uchrayapti”

Iskandarov Abdulaziz
25 sen 2024
Pro-liganing 21-turidan o'rin olgan “Xorazm” - “Aral” (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limda teng kurashlar ostida o'tgan o'yin guvohiga aylandik. Biroq, ikkinchi bo'limda himoya chizig'imiz xatolarga yo'l qo'ydi. Yakunda bugungi uchrashuvni boy berdik. Muxlislardan uzr so'rayman.

- “Aral” jamoasi mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolayotganiga sabab nimada?

- Jarohatlar ko'p uchrayapti. Bugun ham ikki nafar asosiy tarkib futbolchimiz o'ynay olmadi.

- Jamoada jarohatlar ko'pligi sun'iy maydondagi o'yinlar tufaylimi?

- Bu haqida bir narsa deyish qiyin. Sun'iy maydon desangiz, hozir tabiiy maydonda ham o'ynayapmiz.

- “Xorazm” va “Aral” o'rtasidagi o'yinlar har doim shiddatli kechgan. Biroq, bugun jamoangiz ko'p jihatlarda o'yinni boy berdi. Buning sababi nimada?

- To'g'ri aytdingiz, bugun raqibga boy bergan jihatlarimiz bo'ldi. Masalan yakkakurashlarda ko'proq mezbon futbolchilar ustun kelishdi. Tanaffusda shu haqida aytdik, biroq ikkinchi bo'limda ham hech narsa o'zgarmadi.

- Sizningcha, qachon vohada Nematillo Quttiboev kabi hujumchilarni ko'ramiz?

- Hozir 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar orasida terma jamoada o'ynayotgan yosh futbolchilar bor. Balki shulardan chiqar deb umid qilamiz.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia