Nemanya Matich qaysi jamoaga umrbod muxlislik qilishini aytib o'tdi

Tolibjon Qosimov
18 okt 2017, 13:53
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich o'zining sobiq klubi "Benfika" haqida gapirib o'tdi.

Ingliz va portugal jamoalari bugun YCHL 3-turi doirasida o'zaro bellashadilar.

"Bu men yoqtiradigan o'zgacha klub. U yerda futbol haqida ko'p narsa bilganman, o'rganganman, katta jamoada o'ynaganingda bosim his qilish nimaligi tushunganman. Men umrbod "Benfika"ga muxlislik qilaman. Bu jamoa qalbimda o'zgacha joy egallagan, lekin Chempionlar ligasida ulardan ochko olishga harakat qilamiz", - deya Matichning so'zlarini keltirdi klub rasmiy sayti.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com