"Neftchi"ning 5 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2013, 08:28
Farg'onaning "Neftchi" klubi birinchi davra oxiri va ikkinchi davra boshini yaxshi saviyada o'tkazdi.
Vodiy klubi 11-turda safarda "Buxoro"ga yutqazganidan so'ng ketma-ket 5ta o'yinda mag'lub bo'lmadi. Bu orada "Neftchi" o'z uyida "Navbahor"ni, "Sho'rtan"ni ham safarda, ham Farg'onada 2:0 hisobida mag'lub etdi. "Navbahor" maydonida durang o'ynadi va o'z maydonida "Buxoro" mag'lub etildi - 1:0. 

Ammo 17-turda Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'lgan "Neftchi" 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Shu bilan vodiy klubining 5 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia