Neftchi yana bir bomba transferni amalga oshirishi mumkin

Khoja
14 yanv 2025
Farg'onaliklar transfer oynasidagi yurishini davom ettirmoqda.

Neftchi o'tgan mavsumni Qayratda o'tkazgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan shartnoma tuzishi mumkin. Bu haqida Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'tgan mavsumda ijara asosida Qayratda o'tkazdi. U yakunlangan mavsumda qozog'istonliklar safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 4 ta golli uzatma bor. Futbolchining Pari NN bilan tuzgan shartnoma yozda yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia