"Neftchi" Turkiyaga qachon jo'nab ketishi ma'lum, u yerda necha kun yig'in o'tkaziladi?

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2024, 11:11
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishgan.

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi dekabr oyida Toshkentda bir haftalik yig'in o'tkazdi va orada "Dinamo" bilan nazorat o'yini ham o'tkazdi.

FOTO  "Dinamo" o'rtoqlik o'yinida "Neftchi"ni mag'lubiyatga uchratdi

 Ayni paytda "Neftchi" a'zolariga kichik tatil berilgan. Lekin, shunga qaramay har bir futbolchi murabbiylarning oldindan tayyorlab bergan dasturi asosida uy sharoitida ham shug'ullanishmoqda. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Neftchi" 6 yanvar kuni Toshkentda yig'iladi va 7 yanvar kuni xorij yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketadi. Vitaliy Levchenko ketma-ket ikkita yig'inni aynan Antaliyada o'tkazadi. Orada futbolchilarga bir necha kunga dam beriladi. Bu degani oradagi kichik tanaffusni hisobga olmasa "Neftchi" taxminan 1 yarim oy atrofida Turkiyada bo'ladi.


Intervyu. Sanjar Quvvatov: "Neftchi"da chempionlik uchun barcha narsa etarli"

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia