"Neftchi" tarkibida 2 nafar legioner ko'rikdan o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
21 dek 2022, 14:48
Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun Toshkentda "Bunyodkor" bilan o'rtoqlik o'yinida qatnashdi.

Uchrashuvda murosa ko'chasi tanlandi – 1:1. "Neftchi"dan hujumchi Shahzod Ubaydullaev gol urgan bo'lsa, "Bunyodkor"dan esa Sudaysi Jo'raboev hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.

E'tiborlisi, bugungi bellashuvda farg'onaliklar ko'rigida bo'lib turgan ukrainalik yarim himoyachi Yuriy Batyushkin hamda belaruslik xavbek Dmitriy Lisakovich ham maydonda ko'rinish berdi.



30 yoshli Batyushkin faoliyati mobaynida Ukrainaning turli jamoalari – "Stal", "Nikolaev", "Gornyak-Sport", "Metallist 1925" va Gruziyaning "Dila" jamoalarida harakta qilgan. Transfermarkt portali o'yinchini 250 ming evroga baholayapti.



23 yoshli Lisakovich esa "Uzda", "Krumkachi", "Torpedo" Minsk, "Isloch" kabi Belarus jamoalari sharafini himoya qilgan. Transfermarkt portali uni 250 ming evroga baholamoqda.

Avvalroq "Neftchi" gruziyalik futbolchini safiga qo'shib olganini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia