"Neftchi": O'rinbosarlarimiz ikkita o'yinda g'alaba qozonishdi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2014, 10:14
Farg'onada yig'in o'tkazayotgan “Neftchi” o'inbosarlari kecha ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
Avvaliga Sergey Kovshov shogirdlariga “Neftchi” PFK qoshidagi futbol maktabi jamoasi raqiblik qidi. O'yinda o'rinbosarlarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ikkinchi o'yinda Kovshov jamoasi o'tgan mavsumda Farg'ona viloyat birinchi ligi (ikkinchi liga)da ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan “Futbol info” jamoasi raqiblik qildi. Mazkur bahs ham qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tganini takidlash joiz. Uchrashuvda “Neftchi” o'rinbosarlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Shuni aytish joizki, o'rinbosarlarimiz safida ko'rikda bo'lib turgan ko'plab futbolchilar harakat qilishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz