"Neftchi": Maxstaliev bilan Ubaydullaev mashg'ulotlarga qo'shildi

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2015
Ayni damda o'z qarorgohida yig'in o'tkazayotgan “Neftchi” safiga yangi o'yinchilarning kelib qo'shilishi davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Abbos Maxstaliev bilan Muhsin Ubaydullaev kuni-kecha jamoa lageriga yetib keldi. O'tgan yili Maxstaliev birinchi davrani “Paxtakor”da o'tkazib, keyinchalik “Andijon”da ijara asosida to'p surgandi. Ubaydullaev esa 2014 yili to'liq “sherlar” ixtiyorida bo'ldi.

Himoya chizig'idagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida “Bunyodkor” a'zosi Shukurali Po'latovning yana “Neftchi”ga qaytarish borasida ish olib borilmoqda. Yaqin orada 25 yoshli futbolchi mashg'ulotlarga ko'shilishi kutilmoqda. Shuningdek dekabr oyida “Qaysar” yig'inida bo'lib qaytgan Ro'zimboy Ahmedov ham ertaga Farg'onaga yetib keladi. Rahbariyat bilan uchrashuvdan so'ng ushbu hujumchining taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcneftchi.uz