"Neftchi" klubi logotipi 16 kun ichida ikkinchi bor o'zgartirildi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2021, 13:42
5 fevral kuni Farg'onaning "Neftchi" klubi logotipi o'zgargan edi.

Bugun, 21 fevral kuni klub matbuot xizmati logotip yana o'zgarganini e'lon qildi.
Barchaga ma'lumki, 2021 yil futbol mavsumi uchun  yangilangan klub logotipi taqdim etilgan edi va bu logotip ko'pchilikning noroziligiga sabab bo'lib keldi. Shu masalaga echim topish maqsadida klub bazasida muxlislar va futbol rasmiylari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yangi logotip  yuzasidan muxlislar, jurnalistlar va jamoatchilikning etirozlari o'rganib chiqildi. Yig'ilishda klubning barcha mamuriyat xodimlari va  fahriy muxlislar ishtirok etdilar. Kun tartibiga "Neftchi" PFK logotipiga o'zgartirish kiritish to'g'risidagi masala qo'yildi. Klubning ko'p sonli muxlislari tomonidan bildirilgan fikr va takliflariga binoan, klub logotipiga o'zgartirish kiritish kerakligi hakida gapirib o'tildi. Yangi logotipning bir nechta nushalari yig'ilish qatnashchilariga taqdim etildi va ular orasidan eng maquli tanlandi. Yig'ilishda qabul qilingan  qarorga ko'ra, klubning yangi logotipi tanlab olindi va bir ovozdan maqullandi. Bundan buyon "Neftchi" futbol klubi bilan bog'liq bo'lgan barcha tadbir va matnlarda ushbu yangi logotipdan foydalaniladi.


O'tgan yillardagi logotip 


5 fevral kuni e'lon qilingan logotip  



21 fevral kuni e'lon qilingan logotip



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia