

Bahs yakunlangach, jamoa bosh murabbiy Andrey Fyodorov futbolchilarga qisqa tatil berdi. Jamoa vakillari 8 noyabrdan boshlab “Qizilqum” bilan bo'lib o'tadigan o'yinga xozirlik ko'rishni boshlashadi. Rejada o'rtoqlik o'yini ham bor. Bu borada keyinroq ma'lumot beramiz.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” jamoasi Oliy liga 29-turini Farg'onada Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuv 17 noyabr sanasiga belgilangan.
“Neftchi” matbuot xizmati



