

FIFA va O'FAning "Futbolchilar maqomi va o'tishi reglamenti"ga binoan agar klub o'z futbolchisiga ikki oydan ziyod maosh to'lamasa futbolchi amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qilishi (uzrli sababga ko'ra) mumkin.
Shartnoma bir tomonlama bekor qilinsa ham klub baribir futbolchiga shartnomaning oxirigacha maoshni to'lashga majbur bo'ladi. Futbolchi esa chempionat davom etayotgan paytdayoq boshqa klubga bemalol o'ta oladi.
Eng qizig'i "Neftchi" futbolchilari maosh olmay ham Superliga peshqadami bo'lib turishibdi. Maosh olishganida nima bo'lardi xayronmiz)



