"Neftchi" Abror Ismoilovga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
14 dek 2023
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

"Navbahor" yarim himoyachisi Abror Ismoilovga "Neftchi" qiziqish bildirmoqda", – deyiladi xabarda.

Avvalroq "Navbahor" xavbekiga "So'g'diyona" qiziqayotgani ma'lum bo'lgan edi. 

25 yoshli Ismoilov ushbu mavsum "Navbahor" libosida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. 

U 2016-2018, 2022 yillarda farg'onaliklar sharafini himoya qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia