Nazorat uchrashuvi: “Lokomotiv” – “Sho'rtan” 4:0

Narzulla Saydullayev
13 okt 2014, 18:05
Chempionat davomida vujudga kelgan tanaffus mobaynida o'yin amaliyotisiz qolmaslik maqsadida “Lokomotiv” bugun o'z markaziy stadionida G'uzorning “Sho'rtan” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazib, yirik – 4:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Uchrashuvning dastlabi bo'limida Marat Bikmaev hamdav Sadriddin Abdullaevlar o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishgan bo'lishsa, ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushgan ikki hujumchi – Bobur Tillaboev hamda Farhod Tojievlar hisobni yirik ko'rinish olishini taminladi.

Nazorat uchrashuvi.

“Lokomotiv” – “Sho'rtan” 4:0

Gollar:
M. Bikmaev, S. Abdullaev, B. Tillaboev, F. Tojiev

"Lokomotiv": Temur Jo'raev (Ignatiy Nesterov), Islom To'xtaxo'jaev, Bobur Yo'ldoshev (Artem Filiposyan) , Sahob Jo'raev (Ilhom Suyunov), Viktor Karpenko (Ibrohim Rahimov), Dilshod Rahmatullaev, Lutfulla To'raev, Sadriddin Abdullaev, Aleksandr Geynrix (Bobur Tillaboev), Marat Bikmaev (Farhod Tojiev), Alisher Shog'ulomov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz