

Uchrashuvda jamoamizning asosiy va yoshlar tarkibi a'zolari aralash holda raqibga qarshi to'p tepishdi. Bellashuv 6:2 hisobida "Paxtakor"ning g'alabasi bilan tugadi. Pardaevning dubli, Karimov, Sidorov, Rogovanov va Sidiqovning gollariga mehmonlardan Safarov o'zining ikki aniq zarbasi bilan javob berdi.
Oliy liganing 21-turida "Paxtakor" 12 sentyabr kuni "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Mazkur o'yinga tayyorgarlik davom ettiriladi.



