Navbatdagi omadsizlik. Ueyn Runi rasman Chempionship klubini tark etdi

Administrator
31 dek 2025, 21:10
Sobiq futbolchining murabbiylik faoliyati omadli bo'lmayapti.

"Plimut" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ueyn Runi qoniqarsiz natijalar sabab klubdan ketdi. Runi qo'l ostidagi "Plimut" hozirda Chempionshipning so'nggi o'rnini egallab turibdi. Jamoa ketma-ket to'qqizta o'yindan beri g'alaba qozonolmayapti.

Shu sababli "Plimut" klubi va Ueyn Runi hamkorlikni tugatishga qaror qilishdi. Ingliz klubi rasman Runining jamoani tark etganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Runi bunga qadar "Derbi Kaunti" "Di Si Yunayted" va "Birmingem" klublarini boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.pafc.co.uk