"Plimut" Runini ishdan bo'shatadimi? Ueynning o'zi javob berdi

Omonjon To`xtamirzayev
31 dek 2025
"Plimut" bosh murabbiyi Ueyn Runi safarda "Oksford Yunayted"ga Chempionship 24-turi doirasida (0:2) imkoniyat boy berilgach, iste'fosi haqida gapirdi.

Runi boshchiligidagi klub 18 ochko bilan 24-pog'onani band etib turibdi. Jamoa 6 noyabrdan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelayapti.

"Voqealar rivojining barcha variantlarini ko'rib, o'rganib chiqish kerak deb o'ylayman. Natijalarimizdan kelib chiqsak, bu normal holat. Siz vaziyatni o'zgartira olasizmi, buning uchun tarkibda sizga kerakli futbolchilar bormi, men emas, boshqa murabbiy buni uddalay oladimi... Shularning barchasiga e'tibor berishimiz kerak".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: BBC.co.uk