"Lester" va "Byornli" keyingi mavsum APLda o'ynashadi

Narzulla Saydullayev
5 may 2014
Angliya chempionship ligasida mavsum o'z nihoyasiga etdi.
Angliya chempionship

Unga ko'ra "Lester" va "Byornli" klublari 2014-2015 yilgi mavsumda Angliya premer-ligasida o'ynash huquqini qo'lga kiritishdi.

"Derbi Kaunti", KPR, "Uigan" va "Brayton" klublari APLga chiqish uchun pley-offda ishtirok etishadi. Unda g'olib chiqqan bitta klub keyingi yil elitada qatnashadi.

APLdan "Fulxem" va "Kardiff Siti" klublari tushib kyetishdi. So'nggi omadsiz jamoa "Norvich" bo'lishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia