"Navbahor"ga o'tishi kutilgan Vladislav Kasminin "Turon" bilan kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2021, 18:25
"Turon" jamoasi o'z safini yana bir tajribali futbolchi hisobiga to'ldirdi.

Bir necha kun oldin "Navbahor"ga o'tishi haqida xabar chiqqan Vldislav Kasminin "Turon"ning Toshkentdagi yig'iniga kelib qo'shildi. Kasminin 31 yoshda, O'zbekiston fuqarosi. Asli kelib chiqishi esa Belarusdan. Futbolchi bunga qadar O'zbekistonda AGMK, "Qizilqum" jamoalarida to'p tepgandi.  

"Turon" jamoasida legionerlar soni ayni vaqtgacha to'rttani tashkil qilmoqda. Bular serbiyalik Sinisha Babich, Dayan Ponevich va tojikistonlik Umarjon Sharipovdir. Ushbu futbolchilar bilan rasman shartnoma imzolangan. Shuningdek yig'in davomida Kadir Sharbekov va koreyalik Po Yong ham ko'rikda bo'lib turgan edi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia