O'tgan yili Superligada o'ynagan legioner O'zbekistonga qaytmoqda

8 iyul 2019, 15:04
O'tgan mavsumda Olmaliqning AGMK jamoasidagi o'yinlari bilan barchaga tanish bo'lgan Vladislav Kasminin ikkinchi davradan boshlab Superligaga qaytishi mumkin.

O'tgan yil so'nggida AGMKdan ketgan Kasminin ma'lum vaqt Qozog'istonning "Okjetpes" jamoasida faoliyat yuritdi. Biroq futbolchi "Okjetpes"dan ketishga qaror qilgan va ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kasminin tez orada AGMK safiga qo'shiladi hamda ikkinchi davrada faoliyatini Superligada davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, Kasminin o'tgan mavsum Superligaga o'tish o'yini uchun bo'lgan pley-off doirasidagi "Istiqlol"ga qarshi bahsda AGMKni elitada olib qoluvchi muhim golni urgandi.

Qayd etish kerakki, Vladislav Kasminin 2017-2018 yilgi mavsumlarda AGMK sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia