"Navbahor"da muxlislar klubiga yangi sardor saylandi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2018, 16:44
Kuni-kecha “Navbahor” futbol klubi muxlislarining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

“Navbahor” markaziy o'yingohining anjumanlar zalida bo'lib o'tgan yig'ilishda bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Xususan, muxlislar klubi tashkil etish uchun tegishli xujjatlar tayyorlanganligi ma'lum qilindi. Muxlislar 2018 yilgi mavsum davomida “Navbahor” jamoasini munosib tarzda qo'llab-quvvatlash, o'yingohda etika va estetika qonun-qoidalariga rioya qilish kerakligini, turli tashkilotlarga bemaqsad murojaatlarni to'xtatish lozimligi etirof etildi.  

Shuningdek, yig'ilishda muxlislar klubi sardori ham saylandi. Ishqibozlar nomzod sifatida ko'rsatilgan faol muxlislardan biri Farhod Umaraliev muxlislar klubi sardori etib saylandi.

Farhod Umaraliev rasmda chapda

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати