"Navbahor": Yoshlarimiz Andijondagi turnirda qatnashishadi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017, 17:40
Mavsumga tayyorgarlikni Namanganda olib borayotgan "Navbahor" yoshlari 15-24 fevral kunlari Andijon shahrida bo'lib o'tadigan “Andijon viloyati hokimi kubogi-2017” musobaqasida ishtirok etishadi.

Bugun ushbu turnir o'yinlar taqvimi tasdiqlandi. Musobaqada vodiyning sakkiz jamoasi ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishadi. Yosh “navbahorchilar” “A” guruhida Farg'onaning “Neftchi”, Andijonning “O'zDongJu” va “O'zTongXongKo” jamoalari bilan kuch sinashishadi. Dastlabki uchrashuv 15 fevral kuni “Neftchi” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

“V” guruhidan esa “Andijon”, Farg'onaning “Istiqlol”, Uychining “Xotira-79” va Haqqulobodning “Norin” jamoalari joy olishdi. Guruh uchrashuvlari 20 fevral kuni yakunlanadi. Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Yarim final o'yinlari 22 fevral sanasiga belgilangan bo'lsa hal qiluvchi final bahsi 24 fevralda o'tkaziladi. Turnirdan o'rin olgan barcha uchrashuvlar Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internatining sun'iy qoplamali maydonida o'tkaziladi.

Musobaqa taqvimi
“A” guruh
1-tur, 15 fevral
“O'zDongJu” – “O'zTongXongKo”
“Neftchi” – “Navbahor”
2-tur, 17 fevral
“O'zDongJu” – “Neftchi”
“O'zTongXongKo” – “Navbahor”
3-tur, 19 fevral
“Navbahor” - “O'zDongJu”
“Neftchi” - “O'zTongXongKo”

“V” guruh
1-tur, 16 fevral
“Andijon” – “Xotira-79”
“Istiqlol” – “Norin”
2-tur, 18 fevral
“Andijon” – “Istiqlol”
“Xotira-79” – “Norin”
3-tur, 20 fevral
“Norin” – “Andijon”
“Istiqlol” – “Xotira-79”

Yarim final
22 fevral
“A-1” – “V-2”
“V-1” – “A-2”

Final
24 fevral

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz