"Navbahor": Tarkibda yana o'zgarishlar bo'ladi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2014, 11:54
Biroz vaqt oldin himoyachi Orif Mamadjanovni jamoamiz qarorgohini tark etganligi borasida xabar berib o'tgandik.
Futbolchini nima sababdan “Navbahor”dan ketganligi ham muxlislarimizni qiziqtirishi tabiiy hol. Bu borada jamoa  bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov futbolchining istaklarini inobatga olganligini ma'lum qildi. Yani Mamadjanov “So'g'diyona”ga qaytib, ushbu jamoaga yordam berishni lozim topgan. Qolaversa, jizzaxliklar ustozi Davron Fayziev ham himoyachini yana Jizzaxda faoliyat olib borishini istaganligi sababli tomonlar o'zaro kelishgan holda shunday qarorga kelishgan.

Jamoa murabbiyi Ashurmatov Mamadjanov to'p suradigan chiziqda boshqa futbolchilar borligi sababli, futbolchini istagiga qarshilik qilmadi. Shu o'rinda aytish joizki, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi jamoa sharafini munosib tarzda himoya qilishni istagan o'yinchilargagina ishonch bildirishni maqsad qilgan. Shu kunlarda tarkibda yana ayrim o'zgarishlar ro'y berishini ma'lum qilishimiz mumkin. Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, tarkibga tajribali o'yinchilarni jalb qilish ko'zda tutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz