"Navbahor": Ro'zimboy Ahmedovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
3 may 2017, 10:47
Bugun "Navbahor" hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov bugun tavallud kunini nishonlamoqda!

Futbolchi 30 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan "Navbahor" futbol klubi rahbariyati, jamoa a'zolari va barcha muxlislar nomidan Ahmedovga uzoq umr, sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlarni tilab qolamiz. Umid qilamizki, Ahmedov mavsum davomida ko'plab gollari, o'zining ishonchli va yorqin o'yinlari bilan "lochinlar" muvaffaqiyatiga o'z xissasini qo'shadi hamda muxlislarimizni xushnud qiladi. Yana bir bor tug'ilgan kuning muborak bo'lsin, Ro'zimboy!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz