

Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikki jamoa a'zolarida ham gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo'lsada tanaffusga qadar hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda Alisher Mahmudov hisobni ochishga erishgan bo'lsada futbolchilarimiz 1:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qola bilishmadi. Mezbonlar ham bitta gol urib, yakuniy natijani durang bo'lishini taminlashdi.
Poytaxtda o'tayotgan yig'indagi mashg'ulotlarda futbolchilarimizni ko'tarinki kayfiyatda shug'ullanyotganliklarini aytib o'tish joiz. Qolaversa, mashg'ulotlar hamrang-barang va qiziqarli tarzda tashkil etilmoqda. Murabbiylar shtabi futbolchilarga yuklamalar berish bilan bir qatorda ularni ruhiy tomondan ham tayyorlab borishmoqda.



