

Bir necha kun davomida dam olish imkoniga ega bo'lgan jamoamiz a'zolari bugun Namangandagi klub qarorgohida to'planishdi. Kechki payt futbolchilarimiz mashg'ulotda ishtirok etish orqali Jizzaxda “So'g'diyona” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashadi. Eslatib o'tamiz, 13-turdan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 14 iyun kuni bo'lib o'tadi. Odatga ko'ra bir kun oldin jamoalarning yoshlari o'zaro bahs olib borishadi.




