

Qarshidagi o'yindan keyin jamoamiz a'zolari davralar oralig'idagi tatilga chiqishdi. “Navbahor” ikkinchi davraga tayyorgarlikni 8 iyuldan boshlaydi. Dastlabki rejaga ko'ra yozgi o'quv-mashg'ulot yig'ini Toshkent viloyatining tog'li xududida bo'lib o'tadi. Mashg'ulot o'tkazish joyi sifatida Dukent dam olish maskani tanlangan. Avval xabar berib o'tkanimizdek, davralar oralig'ida tarkibda bir qator o'zgarishlar ro'y beradi. Ayni paytda jamoa murabbiylari ikkinchi davrada jamoani kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchilar bilan muzokaralar olib borishmoqda. Tez orada birinchi davrada jamoa sharafini himoya qilgan va tarkibga qo'shiladigan yangi futbolchilar haqida xabar beramiz.



