"Navbahor" futbolchilari paxta terimida ishtirok etishdi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2015, 15:39
Bugun "Navbahor" klubi a'zolari milliy boyligimiz hisoblanmish paxta yig'im terimida ishtirok etishdi.
Namangan tumaniga qarashli dalada klub xodimlari va futbolchilar kun davomida dala zahmatkashlariga yordam berishdi.

Klubning 24 nafar a'zolari hashar davomida 227 kilogramm paxta terib yurtimiz xirmoniga o'z ulushlarini qo'shishdi, - deb yoziladi "Navbahor" klubi rasmiy tvitterida.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Bunyodkor" klubi a'zolari ham paxta terimida ishtirok etishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia