Navbahor Adidas bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2018, 09:36
Navbahor rahbariyati Toshkent shahrida Germaniyaning eng mashhur brendlardan biri hisoblangan Adidas bilan muzokaralar o'tkazib, kelishuvga erishdi.

Yaxshi bilasiz, mazkur kompaniya Germaniyaning original sport formalarini taqdim etadigan nufuzli brend kompaniyasi sanaladi. Bunga yaqqol misol qilib Barselona forvardi Leo Messi va Real Madrid jamoasi Adidas bilan hamkorlik qilishini keltirib o'tish kifoya.

Bundan tashqari Adidas Yevropaning ko'plab grand jamoalari bilan hamkorlikka ega. Qayd etish kerakki, Adidas ekipirovka va liboslari yuqori sifatda. Liboslari Germaniya texnologiyalari asosida tikiladigan bo'lsa, oyoq kiyimlari Italiya texnologiyalarida tikiladigan Yevropa standarti darajasida tayyorlanadi.

Kelasi mavsumdan boshlab Navbahor uy va safar liboslari rangi o'zgaradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/Navbahor_Navbaxor_Fkmuhlis