Navas "Barsa" YCHLdan chiqarib yuborilganidan so'ng: "Men "Real" va uning muxlislariga aloqadorman"

Aziz Tukhtamuradov
11 mar 2021, 09:24
PSJ darvozaboni Keylor Navas "Barselona" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Real" muxlislariga salom yo'lladi.

Kosta-Rikalik posbon 2014-2019 yillar davomida "Real"da o'ynagan va shundan keyin PSJga ko'chib o'tgandi. 

"Jamoamga yordam bera olganimdan xursandman. Uzoq yillar davomida "Real"da o'ynab, sovrinlar yutganman. Men ushbu klubga va uning muxlislariga aloqadorman. 

Ammo bu boshqa tarix. Endilikda bor e'tiborimni PSJga qaratganman", - dedi Navas. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA