"Nasaf"ning sobiq murabbiyi kasbini o'zgartirdi

Aziz Tukhtamuradov
17 fev 2018, 13:39
Qarshining "Nasaf" jamoasi sobiq bosh murabbiyli Anatoliy Demyanenko Kiev shahri futbol federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

O'tmishning mohir futbolchisi Demyanenkoga saylovda sobiq futbolchi Vladislav Vashuk raqobat qildi. Saylovda "Dinamo Kiev" va "Spartak"ning sobiq futbolchisi ham o'z nomzodini qo'ygandi. Lekin saylovda g'oliblik "Nasaf" bilan 2011 yilda OFK kubogini qo'lga kiritgan murabbiyga nasib etdi. Vladislav Vashuk esa Demyanenkoning o'rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, Anatoliy Demyanenko futbolchilik faoliyati yakunlagandan so'ng murabbiy sifatida ishlayotgandi. Demyanenko "Nasaf"dan tashqari "Dinamo Kiev", "Neftchi" Boku hamda "Volin" jamoalarida ishlagan.

2013 yildan buyon murabbiylik qilmagan Demyanenko endilikda boshqa lavozimda o'zini sinab ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru