"Nasaf"ning OCHLdagi raqibida nima gap?

Xayrulla Xoliqov
23 yanv 2022
15 mart kuni "Nasaf" Osiyo chempionlar Ligasi pley-off bahsida maydonga tushadi.

BAA poytaxti Abu Dabida "Nasaf" "Baniyas" mehmoni bo'ladi. Raqib haqida biroz ma'lumot beradigan bo'lsak, "Baniyas" ayni payt BAA chempionati turnir jadvalida 6-o'rinda boryapti. Jamoa 13 o'yinda 18 ochko to'plagan. P.S. BAA chempionatida 14ta klub qatnashadi. 

Qizig'i shundaki, "Baniyas" oxirgi 3ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Bu jamoa chempionat doirasida "Shabab Al Ahli" bilan "Kalba"ni, shuningdek Kubokda yana "Kalba"ni mag'lub etdi. 

"Baniyas" bosh murabbiyi - ruminiyalik Daniel Isaila (1972 yil tug'ilgan). Tarkibda legionerlar bor: Joao Viktor (21 yosh, Braziliya), Sasha Ivkovich (28 yosh, Serbiya), Gaston Alvares (28 yosh, Argentina), Nikola Ximenes (26 yosh, Arentina), Isaak Telin (29 yosh, Shvetsiya), Saile da Silva (21 yosh, Braziliya) va Said Xamis (21 yosh, Tanzaniya). 

Mahalliy o'yinchilardan eng mashhuri Amir Abdulrahmon.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia