"Nasaf"ning bir guruh faol muxlislari Qo'qonga yetib kelishdi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2017, 14:32
Bugun "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi bo'ladi.

O'yin bo'ladigan joydan ancha olis masofada bo'lgan "Nasaf" jamoamizning muxlislari ham bu o'yinga befarq emaslar. Bugun erta tongda o'z seviklarini bevosita stadionda turib qo'llab-quvvatlash uchun Qarshi shahridan bir guruh faol muxlislar Qo'qon shahriga yetib kelishdi.

Ular "Nasaf" jamoamizga Qo'qon markaziy stadionida,  vohamizning ko'pminglab muxlislari nomidan dalda bo'lishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz