

Mazkur turnirda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xirosima shahri terma jamoasi (U-19), Polsha (U-19) hamda Yaponiya (U-19) terma jamoalariga qarshi o'yinlarda maydonga tushadilar.
Ushbu musobaqada yoshlar terma jamoasi safida “Nasaf”ning uch nafar a'zosi ishtirok etishadi. Bular yarim himoyachi Aziz G'aniev, Sharof Muhiddinov va hujumchi Bobur Abduholiqov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 26 sentyabr - 6 oktyabr kunlari Bangladeshda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etishadi.



