“Nasaf” – “Olmaliq” yoshlar uchrashuvi oldidan...

Narzulla Saydullayev
7 avg 2015, 10:15
Bugun “Mehnatchi” stadionida yosh “nasaf”chilar olmaliqlik tengqurlariga qarshi Yoshlar ligasi 17-turi doirasida maydonga chiqishadi.

16-turdan keyin ikki jamoa Yoshlar ligasi turnir jadvalida yonma-yon joylashigan edi. Kecha “Qizilqum” yoshlari safarda “Bunyodkor” ustidan g'alabaga erishib, beshinchi pog'onaga ko'tarilib olishdi.

A'zam Sherg'oziev murabbiyligidagi “Olmaliq” yoshlari 16-turdan so'ng 28 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 4-pog'onasida borayotgan bo'lsa, Rahmatilla Muhammedrahimov boshchiligidagi yoshlar jamoamiz esa 25 ochko bilan jadvalning 6-pog'onasini band etishgan.

Mazkur jamoalarning 1-davrada “Olmaliq”da o'tkazilgan bahsida tomonlar murosa yo'lini tanlashgan – 1:1.

Ushbu uchrashuvda “Nasaf” yoshlari tarkibida bir qator yo'qotishlar mavjud. O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan chaqiruv olgan uch nafar futbolchimiz – Aziz G'aniev, Bobur Abduholiqov va Sharof Muhiddinov mazkur o'yinda jamoasiga yordam bera olishmaydi.

Eslatib o'tamiz, “Olmaliq”- “Nasaf” yoshlar jamoalari o'yini bugun 7 avgust kuni soat 18:00 da “Mehnatchi” (avvalgi “Sputnik”) stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz