Oliy ligada faoliyat yuritayotgan jamoalar mazkur oyda to'rttadan uchrashuv o'tkazishdi. Turnir jadvalidagi peshqadamlardan “Bunyodkor” va “Nasaf” har to'rtala uchrashuvda ham g'alabaga erishdilar.
Oliy liga jamoalarining oktyabr oyida eng ko'p gol urgan jamoasi “Nasaf” bo'ldi. Ular raqiblari darvozasini 16 marta ishg'ol qildilar.
Oktyabr oyida “Nasaf” jamoasi 3 uchrashuvda yirik hisobda g'alabaga erishdi, quyida bo'lib o'tgan uchrashuvlarning natijalarini e'tiboringizga havola qilamiz:
04.10.2013 y. O'zPFL 21-tur.
Nasaf (Qarshi) – Neftchi (Farg'ona) 2:0 (1:0).
Gollar: I. Shomurodov (26), I. Yunusov (75).
18.10.2013 y. O'zPFL 22-tur.
“Sho'rtan”(G'uzor) – “Nasaf”(Qarshi) 1:4 (0:1)
Gollar: A. Allaniyozov (5, 87), A. Gevorkyan (74, 83), A. G'ulomxo'jaev (90+1)
23.10.2013 y. O'zPFL 23-tur.
"Nasaf" (Qarshi) - "Navbahor" (Namangan) 5:0 (2:0)
Gollar: Ilhom Yunusov 22-1:0, 45-2:0, Artur Gevorkyan 78,80-4:0, Zohid Abdullaev 83-5:0.
29.10.2013 y. O'zPFL 24-tur
“Buxoro” (Buxoro) – “Nasaf” (Qarshi) 1:5 (0:2)
Gollar: Azamat Allaniyazov 21 - 0:1, Shuxrat Muhammadiev 44 - 0:2, Artur Gevorkyan 70-0:3, Ilhom Shomurodov 81 – 0:4, Farrux Sayfiev 87- 0:5, Vohid Shodiev 90- 1:5.
Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda “Nasaf” jamoasi raqiblari darvozasiga jami 16ta gol kiritdi. O'z darvozalaridan esa 2 marta to'p olib chiqishdi. Ushbu gollarni quyidagi o'yinchilar o'z hisoblariga yozib qo'yishdi:
Artur Gevorkyan – 5ta
Ilhom Yunusov - 3ta
Azamat Allaniyazov – 3ta
Ilhom Shomurodov – 2ta
Zohid Abdullaev – 1ta
Shuhrat Muhammadiev - 1ta
Farrux Sayfiev - 1ta
Ko'rib turganingizdek jamoa sardori Artur Gevorkyan oktyabr oyida jamoa to'purariga aylandi, shuningdek Artur Gevorkyan ikki uchrashuvda, Ilhom Yunusov va Azamat Allaniyazovlar bittadan o'yinda, dubl ham qayd etishgan. Jamoaning jarohatlar tufayli yo'qotishlariga qaramasdan shubhasiz oktyabr oyi “Nasaf” uchun sermahsul oy bo'ldi.
Oldinda ikki o'yin qoldi, navbatdagi turda yani 3 noyabr yakshanba kuni “Nasaf” jamoasi o'z maydonida turnir jadvalining yakka peshqadami “Bunyodkor”ni o'z maydonida qabul qiladi. Navbatdagi uchrashuv nafaqat turning markaziy uchrashuvi balki match-revansh ham bo'lishi turgan gap. Chunki endi o'yin “Nasaf”ning o'z maydonida bo'ladi. “Ajdarlar” mavsumning so'nggi turini safarda “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Barcha muxlislar nomidan “Nasaf” jamoasiga qolgan uchrashuvlarda ham zafarlar tilab qolamiz.