"Nasaf": Muxlislarimiz Namanganga yo'l olishdi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2018, 09:00
Bugun “Nasaf” PFK muxlislar klubining tashabbusi bilan, bir guruh faol muxlislar Namanganga tashrif buyurishadi.

Jonkuyar muxlislar “Nasaf”ni bugungi uchrashuvda bevosita stadionda turib, qo'llab-quvvatlashadi.

Bunday safarlar muxlislar klubining ananasiga aylanib ulgurgan. Masofa uzoq bo'lishiga qaramasdan "Nasaf" muxlislari doimo shunday jonkuyarlik qilishadi. O'z sevikliklarini yolg'izlatib qo'yishmaydi.

Shuni alohida takidlash joizki, “Nasaf” va “Navbahor” muxlislar klubi o'rtasida ancha yillardan buyon do'stona aloqa ham o'rnatilgan.

Bugun Namanganga tashrif buyuradigan faol va jonkuyar muxlislarga, klub yetakchisi Sanjar Sayfiev rahbarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz