
Jamoa mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan klub bazasida, “Markaziy” stadionda joylashgan mashg'ulotlar maydonida davom ettirmoqda. Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, hozirda o'tgan mavsumda jamoa tarkibida harakat qilgan barcha futbolchilar mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. Ikkinchi davrada jarohat olib, ma'lum muddatga safdan chiqqan Shohruh Gadoev va Erkin Boydullaev ham individual tarzda mashg'ulotlarni boshlashgan. Shuningdek, o'tgan mavsumda ijara asosida “Dinamo” va “Qizilqum”da to'p tepgan Nodir Sanaqulov va Eldor Boymatov ham jamoa bilan birga. Qolaversa, o'tgan mavsumda o'rinbosarlar tarkibida harakat qilgan darvozabonlar Ubaydulla Aloxanov, Alibek Turopov, himoyachi Tohir Abdurazzoqov, yarim himoyachi Najmiddin Nomurodov ham asosiy tarkib a'zolari bilan mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda.
Qarshiliklar Yangi yilga qadar Qarshida mashg'ulotlarni davom ettirishadi va yanvar oyida ilk xorijiy yig'inni Turkiyada o'tkazishadi.
Qarshiliklar Yangi yilga qadar Qarshida mashg'ulotlarni davom ettirishadi va yanvar oyida ilk xorijiy yig'inni Turkiyada o'tkazishadi.