Marosim avvalida Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol federatsiyasi prezidenti Zafar Ro'ziev futbolchilarni tabriklab, kelgusi mavsumda jamoa a'zolari faqat oltin medallar uchun kurashishlari lozimligini alohida ta'kidladi.
-“Nasaf” o'ziga xos tarixga va o'ziga xos mavqega ega bo'lgan jamoa hisoblanadi. Yakunlanayotgan mavsumda “Nasaf” chempionatni sovrindorlar safida yakunlab, minglab muxlislarni xushnud etdi. Yangi mavsumda jamoa oldida yanada mas'uliyatli uchrashuvlar, musobaqalar kutib turibdi. Yangi 2014 yilgi mavsumda jamoa mamlakat birinchiligi bellashuvida eng oliy o'rini – oltin medallarni qo'lga kiritish uchun harakat qiladi. Buning uchun biz, klub homiylari jamoaga barcha sharoitlarni yaratib berishadi, deya ta'kidladi viloyat rahbari.
Shundan so'ng O'zbekiston professional futbol ligasi rahbari Farhod Magomedov ham bu mavsum “Nasaf” uchun omadli kelganini va yangi mavsumda jamoa a'zolari bundanda yuqori muvaffaqiyatlarga erishishlarida omadlar tiladi. So'ngra “Nasaf” futbol jamoasi a'zolariga chempionat bronza medallari tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida bir qator nominaciyalar bo'yicha jamoa ishqibozlari tomonidan eng yaxshi deb topilgan futbolchilarga ham maxsus sovrinlar topshirildi. Jumladan, “eng yaxshi darvozabon” nominaciyasida Eldorbek Suyunov, “eng yaxshi himoyachi” nominaciyasida Botir Qoraev, “eng yaxshi yarim himoyachi” nominaciyasida Shohruh Gadoev, “eng yaxshi hujumchi” nominaciyasida Azamat Allaniyazov, “Jamoa to'purari” nominaciyasida Artur Gevorkyan, “Mavsumning eng yaxshi futbolchisi” nominaciyasida Ilhom Yunusov etirof etilishdi.
Marosimda "Sho'rtangazkimyo" majmuasi direktori vazifasini bajaruvchi Bahrom Mansurov, “Futbol sharhi” ko'rsatuvi muallifi Zafar Imomxo'jaev, Qarshi neft bazasi direktori Shodi Nomozov va boshqalar so'zga chiqishib, jamoa a'zolarini chin dildan tabriklashdi. Yangi mavsumda yangi g'alabalar yor bo'lishiga tilak bildirishdi.
Shuningdek, tadbirda yil davomida jamoani qo'llab-quvvatlab kelgan bir qator ishqibozlar, tashkilotlarga “Nasaf” futbol klubining tashakkurnomalari topshirildi. Marosimda el sevgan sanatkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarni xushnud etdi.
Marosimning to'liq fotogalereyasi quyidagi manzilda.