

Tomonlar o'zaro kelishuviga muvofiq, mazkur jamoalar 29 va 30 yanvar kunlari ikkita tarkibni sinovdan o'tkazishadigan bo'lishdi.
Kecha 29 yanvar kuni mazkur jamoalarning ilk to'qnashuvi o'tkazilib unda 0:0 hisobi qayd etildi. Mazkur bellashuvda “Nasaf” ustozi quyidagi tarkibni maydonga tushirdi: Sanjar Quvvatov, Ildar Mamatkazin, Islom Rashidxonov, Saydullo Rahmatov (Sharof Muhiddinov), Sirojiddin Qo'ziev, Najmiddin Normurodov, Akbar Murodov, Azizjon G'aniev, Doniyor Narzullaev, Dilshod Xushbakov, Bobur Abduxoliqov.
Bugun mazkur jamoalar o'rtasida yana bir uchrashuv o'tkaziladi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 16:00 ga belgilangan.



