

Doha xalkaro aeroportida klubimiz delegaciyasini “Al Jayish” klubi vakillari yuksak ehtirom bilan kutib olishdi. Shundan so'ng futbolchilarimiz Doha shahridagi “Millenium” mehmonxonasiga joylashishdi. Bugunning o'zida futbolchilarimiz Dohada ilk mashg'ulotni o'tkazishdi.
Ertaga Dohada “Hilton” mehmonxonasida dastlab menejerlar mitingi, so'ngra soat 11:30 da o'yinoldi matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilgan.



