“Napoli” yarim himoyachisi APLga ko'chib o'tadi

27 avg 2020, 08:25
Bu haqida Italiya nashrlari xabar bermoqda.

“Napoli” yarim himoyachisi Allan faoliyatini “Everton”da davom ettiradi. Qayd etilishicha, ikkala klub deyarli kelishuvga erishib bo'lgan. “Napoli” Allan transferi uchun 30 mln evroga ega bo'ladi. Neapolliklar futbolchining Mersisayd klubida qayd etadigan natijalariga qarab yana 5 mln evro bonus olishi mumkin. Avvalroq Allaning xizmatlariga “Atletiko M”dan ham qiziqish borligi aytilgandi.

Ma'lumot uchun, Allan “Napoli” sharafini 2015 yildan beri himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Rai Sport