"Napoli" yanvar oyida transferlar uchun 50 million evro ishlatadi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2013, 14:25
"Napoli" klubi prezidenti Aurelio De Laurentis qishki transferlar uchun 50 million evro ishlatishini ma'lum qildi.
"Yanvar oyida tarkibni kuchaytirish uchun 50 million evro ishlatishimiz mumkin. Kam pul ishlatilsa muvaffaqiyatga erishish qiyin ekanini bilaman. Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'l olishimiz juda muhim, shunda biz kuchayishimiz kerak bo'ladi", - deydi De Laurentis Il Mattino nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net