"Napoli" Xvichaga o'rinbosar topdi

Alisher
14 yanv 2025
"Napoli" Xvicha Kvaratsxeliyaga o'rinbosar izlamoqda.

Klubda Germaniyadan variant bor. Neapolliklar safini Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Jeymi Bayno-Gittens to'ldirishi mumkin.

Bayno-Gittens PSJga o'tishni xohlayotgan gruziyalik futbolchini almashtirishi mumkin. "Napoli" shuningdek "Manchester Yunayted" forvardi Alexandro Garnachoni kuzatmoqda.

Bayno-Gittens joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assist qayd etdi. Shartnoma 2028 yilning iyunida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: TEAMtalk