Nahotki?! Rossiyada hakamni stavka qilayotgan payti ushlab olishdi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2020, 12:27
Rossiya Premer-ligasida o'ynaydigan "Spartak" jamoasining bir o'yinini boshqargan bosh hakamni totalizatorda ushlab olishdi.

Hozircha hakamning kimligi aniq aytilmagan. Yaqin vaqtlar ichida bunga rasmiy izoh beriladi.

Qayd etish kerak, so'nggi paytlarda Moskvaning "Spartak" jamoasi muxlislari hakamlikdan norozi ekanligini ko'p bora aytishmoqda. Hatto Leonid Fedun ham bu boradagi gaplarini yashirib o'tirmagandi.

Ayni damda "Spartak" RPL turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: УдаР