MYUning yangi o'yinchisi Fred Braziliya termasi mashg'ulotlarida jarohat oldi

8 iyun 2018, 07:20
Fred jarohatlandi.

Bir necha kun oldin “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylangan Fred Braziliya terma jamoasi mashg'ulotlarida jarohat oldi. 25 yoshli futbolchi Kazemiro bilan kurashda jarohat oldi.

“Ayni vaqtda Fredning jarohati haqida gapirish erta. Juma kuni uning oyog'i bilan nima bo'lishini ko'ramiz, keyin esa bizga qo'shimcha tibbiy tekshiruvlar kerak bo'lish-bo'lmasligini hal qilamiz”,-dedi terma jamoa shifokori Rodrigo Lasmar.



O'xshash yangiliklar


Manba: RMC