MYUning "Liverpul" uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020, 14:44
Bugun "Manchester Yunayted" APLning 23-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

"MEN" nashri "Manchester Yunayted"ning ushbu uchrashuv uchun jo'nab ketgan tarkibini e'lon qildi. Qayd etish kerak, ushbu ro'yxatdan mankunianliklarning asosiy hujumchisi Markus Reshford o'rin olmadi.

Darvozabonlar: David de Xea, Serxio Romero, Li Grant.

Himoyachilar: Fil Jons, Aaron van-Bissaka, Viktor Lindelof, Brendon Uilyams, Erik Bayi, Diogu Dalot, Lyuk Shou.

Yarim himoyachilar: Jessi Lingard, Nemanya Matich, Fred, Andreas Pereyra, Eynjel Gomes, Xuan Mata.

Hujumchilar: Taxit Chong, Daniel Jeyms, Antoni Marsyal, Meyson Grinvud.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN