MYUning asosiy transfer nishoni himoyachi emas, hujumchi olish

Tolibjon Qosimov
8 iyun 2018, 10:49
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar hujumchi sotib olmoqchi.

Mankunianliklarning qiziqish doirasida hamon Marko Arnautovich ("Vest Xem") va Mario Manjukich ("Yuventus")lar turibdi.

Bundan tashqari, Joze Mourinyo chap qanot himoyachisi sotib olmoqchi emas. Mutaxassis bu joyda Eshli Yang va Lyuk Shoularga ishonch bildirishda davom etadi.

Oldinroq, MYU chap qanot himoyachilari orasidan Aleks Sandro ("Yuventus") va Kiran Tirni ("Seltik")lardan birini tanlashi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: independent.co.uk