MYUning 3 futbolchisi "Fulxem"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
7 dek 2018, 20:51
Shanba kuni "Old Trafford"da kechadigan bahsdan oldin MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyoda jarohatlangan bir necha futbolchilar bor.

Himoyachilar Fil Jons va Kris Smolling, shuningdek, vinger Antoni Marsyal "Fulxem"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishlari mumkin. Ushbu futbolchilarning sog'lig'ida muammolar bor.

"Yunayted" ayni damda Angliya chempionatining 15 turidan keyin 23 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 8-pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports