MYUning 19 yoshli himoyachisi APLdagi debyut golini kiritdi

25 noya 2019, 01:50
"Manchester Yunayted" klubi APL 13-turi doirasida kechgan safardagi uchrashuvda "Sheffild Yunayted" bilan durang qayd etganidan xabaringiz bor.

Mehmonlar himoyachisi Brendon Uilyams o'yinning 72-daqiqasida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Bu gol 19 yoshli angliyalik himoyachi uchun APLdagi birinchisi bo'ldi. Bu haqida sportga ixtisoslashgan Opta portali ma'lum qildi.

Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, Uilyams joriy mavsum "qizil iblislar" safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru