MYUga “Napoli” futbolchisi kerak

6 may 2020, 09:47
Mankunianlar Losanoni o'z safiga chorlamoqda.

“Napoli” vingeri Irving Losano MYU nazariga tushdi. Inglizlar futbolchini yozgi transferlar vaqtida qo'lga kiritish uchun harakat qilib ko'radi. Losano Jennaro Gattuzo klubga kelgandan so'ng asosiy tarkibdagi o'rindan ayrildi. Neapolliklar esa futbolchisini 40 mln evrodan kamiga sotmasligi aytilmoqda.

Losanoga MYUdan tashqari “Atletiko” hamda “Valensiya” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttomercatoweb